Sport | 17:05 / 05.06.2018
8318
1 daqiqa o‘qiladi

Leroy Sane jahon chempionatidan qolib ketganiga izoh berdi

Foto: Zimbio

«Manchester Siti» klubi va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Leroy Sane o‘zini qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib, hamyurtlariga bo‘lajak jahon chempionatida muvaffaqiyat tiladi.

Avvalroq, bundestim bosh murabbiyi Yoaxim Lev uni Rossiyaga yo‘l oladigan jamoa tarkibiga kiritmagan edi.

«Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Jahon chempionati qaydnomasiga kirolmaganimdan afsusdaman, ammo murabbiyning bu qarorini qabul qilaman.

Yanada kuchli bo‘lib qaytish uchun bor kuchimni sarflayman. Germaniya terma jamoasiga Rossiyada muvaffaqiyat tilayman. Boring va chempionlik unvonini qo‘lga kiriting!» – deb yozdi Sane instagram sahifasida.

Mavzuga oid