Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Afrikada tinchlikparvar kuchlar hujumga uchradi
3 iyunda BMTning Markaziy Afrika Respublikasidagi tinchlikparvar missiyasi (MINUSCA) patruli qurollangan kishilar hujumiga uchradi. Oqibatda bir tinchlikparvar askar halok bo‘lgan, yana 7 nafari jarohat olgan. Bu haqda BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
“BMT bosh kotibi hujumni qoraladi. Hujum oqibatida tanzaniyalik askar halok bo‘ldi”, deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, MARda yil boshidan halok bo‘lgan tinchlikparvar askarlar soni 4 nafargacha oshdi.
“Bosh kotib MAR hukumatini hujum qilganlarni javobgarlikka tortish uchun voqeani tergov qilishga chaqirdi”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025