Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar bosh soliqchisi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyundagi tegishli qaroriga asosan Normat To‘lkunovich Tursunov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Respublikadagi iqtisodiy salohiyati eng yuqori hudud – poytaxt soliq idoralariga rahbar etib tayinlash unga katta ishonch bildirilayotganidan dalolat beradi.
N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlab, keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2017 yil oktabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyev nega ishdan olinganini aytgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025