Sport | 17:48 / 09.06.2018
8730
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kubogida g‘alaba qozongan «Tosno» faoliyatini yakunladi

Foto: RIA Novosti/Aleksey Filippov

Rossiyaning «Tosno» klubi o‘z faoliyatini yakunladi va tugatildi. 

Bu haqda FortGroup kompaniyasi rahbari Maksim Levchenko xabar berdi.

«Afsuski, «Tosno» klubining qisqa va yorqin tarixi yakuniga yetmoqda. 5 yil oldin bu loyihani boshlaganimizda, tadbirkorlarning hamkorligi va hukumat vakillarining qiziqishidan umidvor edik. Endi esa klub xarajatlarini FortGroup kompaniyasi ko‘tarolmay qoldi. «Tosno» qisqa vaqt ichida Premer-ligaga chiqdi va Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi. Endi u tugatiladi», – deb yozdi u feysbuk sahifasida.

Endi «Tosno» barcha xodimlari va futbolchilari bilan yakuniy hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi. Eslatib o‘tamiz, klub sharafini o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin ham himoya qilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid