Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay politsiyasi xorijlik ishchilar uchun rekord darajadagi iftorlik tashkillashtirdi
Dubay politsiyasi rekord uzunlikdagi iftorlik dasturxoni tashkillashtirdi. Bu haqda Gulf News nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, bir necha qatordan iborat iftorlik dasturxonining umumiy uzunligi 6 kmni tashkil etgan. Ushbu iftorlik Ginness rekordlar kitobiga “iftorlik uchun eng uzun dasturxon” sifatida kiritildi.
Dubay politsiyasining bu tashabbusi xayriya xarakterida bo‘lib, iftorlikda Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston va Osiyoning boshqa davlatlaridan 13 ming ishchi ishtirok etgan.
Ta'kidlanishicha, iftorlik uchun taomlarni tayyorlashda 35 ta restoran va turli davlat idoralaridan 500 ko‘ngilli mashg‘ul bo‘lgan. Iftorlikni tayyorlashga umumiy hisobda 200 soatga yaqin vaqt ketgan.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
16:30 / 28.03.2025
Tramp Oq uyda musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi
18:39 / 27.03.2025