Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Singapur bosh vaziri bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha bayonot berildi
Foto: Evan Vucci/AP
Singapur Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Tramp va Singapur bosh vaziri Li Syanlunning o‘zaro uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, yetakchilar muzokara davomida iqtisodiyot, xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi o‘zaro aloqalarni muhokama qilgan.
«Bosh vazir Li va prezident Tramp mintaqa hamda jahondagi qator hodisalar bo‘yicha samarali munozara olib bordi. Har ikki yetakchi ham Singapur va AQSh o‘rtasida iqtisodiy, mudofaa va xavfsizlik sohalarida ajoyib munosabatlar shakllanganini ta'kidlab o‘tdi», - deyiladi bayonot matnida.
Shuningdek, qayd etilishicha, Tramp bosh vazir Liga AQSh va Shimoliy Koreya sammitini tashkil etgani hamda o‘tkazayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025