Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX raisi Ixtiyor Abdullayev Rog‘un GES qurilish maydonchasiga boradi
Tojikiston poytaxti Dushanbega seshanba kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda tojik OAV.
DXX rahbari Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Soymo‘min Yatimov bilan uchrashgan.
Uchrashuvda ikki mamlakatning maxsus xizmatlari o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, deb yozadi «Avesta».
Tashrif doirasida Ixtiyor Abdullayev Rog‘un GES qurilish maydonchasiga ham borishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha idoralararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bitimni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari imzolashgan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025