Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan sayr davomida unga o‘zining prezidentlik limuzinini ko‘rsatgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Davlatlar yetakchilari uchrashuv o‘tkazishdi, hozir vaqtda yakuniy hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Maxfiy xizmati xodimlari The Beast («Yirtqich») nomi bilan mashhur prezidentlik limuzini eshigini ochib berishgan, shundan so‘ng Tramp Kim Chen Inga avtomobil salonini ko‘rsatdi.
Jurnalistlar AQSh va KXDR yetakchilari nima haqida gaplashishganini eshitishmagan, biroq ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi «tabassum qilib turgan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In KXDRning yadroviy qurolsizlanishi bo‘yicha savolga javob qaytarmagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
13:11 / 28.08.2024