Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi tinch uxlasa ham bo‘ladi - Tramp
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, KXDR tomonidan endi yadroviy tahdid yo‘qdir.
«Shimoliy Koreya tomonidan endi yadroviy tahdid yo‘qdir. Kim Chen In bilan uchrashuv qiziqarli va ijobiy tajriba bo‘ldi. Shimoliy Koreyada kelajakda ajoyib salohiyat bor», - deya yozgan davlat rahbari Twitter’da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti Barak Obama KXDRni «eng katta va xavfli muammo» deb atagandi.
«Endi yo‘q, bugun tinch uxlasa ham bo‘laveradi», - deya xulosa qilgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In alomat yigit ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025