Jahon | 20:52 / 16.06.2018
4697
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi klubda portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Juan Barreto

Venesuela poytaxti Karakasdagi Los Cotorros klubida ko‘zni yoshlatuvchi gazli granataning portlashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nacional nashri xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, klubda ikki kishi o‘rtasida nizo chiqqan va ulardan biri granata qo‘llagan. Qurbonlar gazdan bo‘g‘ilish sababli hayotdan ko‘z yumgan. 

Qolgan odamlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid