Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib quladi
Qozog‘istonning Jambul viloyatida yo‘lovchi poyezdining bir necha vagoni relsdan tashqariga chiqib ketdi. RIA "Novosti" Qozog‘iston Respublikasi IIVning Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi (FVQ) vakili Ruslan Imanqulov bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Viloyat boshqarmasining matbuot xizmatida voqea natijasida bir necha kishi jarohat olgani ma'lum qilindi.
"Jabrlanganlar bor, biroq ularning necha kishi ekani va qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma'lumot yo‘q. Qaynoq liniya ochilmoqda, psixologlar ham ishga kirishadi", - dedi matbuot xizmati vakili.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lovchilarning qulagan vagonlar derazalari orqali chiqayotganini ko‘rish mumkin. Guvohlar ma'lumotlariga ko‘ra, relsdan chiqqan poyezd Ostona-Olmaota yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025