Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KFC'da taomlar «halol» standartidagi mahsulotlardan tayyorlanadi, alkogol sotilmaydi
O‘zbekistondagi KFC restoranlarida barcha taom va ichimliklar «halol» standartidagi mahsulotlardan tayyorlanadi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasidagi izohlarda ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi KFC restoranlarida alkogol sotilishi ko‘zda tutilmagan. Spirtli ichimliklarni o‘zi bilan birga olib kelish ham mumkin emas.
Muassasalarning ochilish sanasi hozircha noma'lum. Kompaniya Toshkentdagi «Chilonzor» va «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekatlari yaqinida hamda Vestminster universiteti qarshisida restoran ochishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yum! Brands yil oxiriga qadar Toshkentda bir nechta KFC restoranini ochishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Kompaniyadan bildirishlaricha, KFC restoranlarining O‘zbekistondagi faoliyati Yum! Brands xalqaro sifat standartlariga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
11:51 / 26.03.2025