Sport | 17:42 / 19.06.2018
10103
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik nazoratchi va komissar jahon chempionati o‘yinlariga tayinlandi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va o‘yin komissari ishlayapti.

V guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev ishlaydigan bo‘ldi. U hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.

JCh–2018. B guruhi, 2-tur

Portugaliya – Marokash
Bosh hakam: 
Mark Geyreg (AQSh)
Qanot hakamlari: Frenk Anderson (AQSh), Jo Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Sergey Karasev (Rossiya)
Nazoratchisi: Farhod Abdullayev (O‘zbekiston)

Foto: The-uff.com

Olim Arifov esa S guruhidan o‘rin olgan Daniya – Avstraliya o‘yiniga tayinlov oldi. U komissar sifatida faoliyat olib boradi. Bu bellashuv 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Foto: The-uff.com

Mavzuga oid