O‘zbekiston | 19:20 / 20.06.2018
36610
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosarlari almashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. 

«Kun.uz» manbasi xabariga ko‘ra, bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovdan tashqari, uning uch o‘rinbosari - birinchi o‘rinbosar Qodirboy Bekturdiyev, o‘rinbosarlar Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjayev lavozimdan ozod etilgan.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarov yangi vazir Sherzod Shermatovning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar etib tayinlangan.

O‘z navbatida sobiq vazirning yana bir o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev o‘z lavozimida qolgan.

Mavzuga oid