Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomaktab rahbari o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi va prokuratura organlari hamkorligida noqonuniy «pul mukofoti»ni olish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Haydovchilarni tayyorlovchi MK «Vatanparvar» tashkilotining sho‘'ba unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari, o‘zining xonasida IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan 500 AQSh dollari va 200 ming so‘m miqdorida «mukofot puli» olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U bu pullarni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo‘l ochib berishi uchun olmoqchi bo‘lgan.
Prokuratura tomonidan qo‘lga kiritilgan daliliy ashyolar va materiallar asosida qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:16 / 24.05.2025