“O‘rikzor” bozori yonidagi elektr temir ustuni nima sababdan qulagani aytildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkentning "O‘rikzor" bozoriga yaqin hududda kuzatilgan kuchli shamol daraxt va elektr liniyalarining temir stolbalariga jiddiy zarar yetkazilgani hamda buning oqibatida poytaxtning ko‘pgina dahalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgani to‘g‘risida xabar, foto va videolar tarqalgan edi.
"O‘zbekenergo" AJ axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu hodisaga asl sabab kuchli shamol emas, balki yuqori kuchlanishli havo liniyasi temir to‘singa yuk mashinasining kelib urilishi oqibatida bo‘lgan. Hozirgi kunda hodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etildi hamda elektr energiyasidan uzilgan hududlar to‘liq ta'minotga ega bo‘lishdi.
Voqeaning asl sababchisi bo‘lgan yuk mashinasi bu haqida hech kimga xabar qilmasdan hodisa joyidan yashiringan. Hozirda undan yetkazilgan zararni undirish hamda o‘rnatilgan tartibda jazoga tortish maqsadida tegishli tartibda qidiruv ishlari ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabarida Toshkent halqa yo‘lining elektr temir ustuni ag‘darilib tushgan joyda elektr ta'minoti tiklangani aytilgan. Shuningdek, xabarda yuqori kuchlanishli elektr temir ustuni ob-havo sharoiti tufayli yo‘lning qatnov qismiga ag‘darilib tushgani bildirilgandi.
Mavzuga oid

12:20
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

09:57
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi

04:32