O‘zbekiston | 12:05 / 22.06.2018
5442
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Shermatov maktab ta'limini yaxshilash bo‘yicha takliflar yuborishni so‘radi

Foto: Xalkaro Press klub

Xalq ta'limi vaziri lavozimida ish boshlagan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

«Prezidentimiz tomonidan Xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, ta'lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta'limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz (bemalol anonim ravishda ham yuborsa bo‘ladi)», - deyiladi uning murojaatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid