Jamiyat | 22:40 / 26.06.2018
10717
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumani hokimiyati atrofidan temir panjaralar olib tashlanmoqda

Joriy yilning 26 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov tashabbusi bilan hokimiyat binolari atrofini o‘rab turgan temir panjara to‘siqlar olib tashlandi. Aytish joizki, bunday tashabbus Toshkent shahrida birinchilardan bo‘lib ko‘rsatildi.

Buni ramziy ma'noda xalqimiz va davlat idoralari o‘rtasida turgan to‘siqlarning olinganligi va hokimiyat organlarining shaffofligini ta'minlash, deb hisoblash mumkin.

“Panjaralar olib tashlanganidan so‘ng, hokimiyat nafaqat ma'muriy idora sifatida xalqqa xizmat qiladi, balki hokimiyat atrofi aholi dam oladigan, sayr qiladigan maskanga aylanadi”, - deb aytib o‘tdi hokimiyat vakili. 

 

Chilonzor tuman hokimiyatida so‘nggi vaqtda katta qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hokimiyat atrofi obodonlashtirilib, aholi dam oladigan hududga aylantirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid