Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1,6 tonnadan ziyod giyohvandlik moddasi yo‘q qilindi
26 iyun kuni Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan musodara etilgan giyohvandlik moddalari yoqish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi rahbarlari, tegishli idoralarning mas'ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Bugungi tadbir doirasida jami 1 tonna 605 kg 738 gramm miqdoridagi giyohvandlik moddalari yo‘q qilindi. Shu jumladan, 15,6 kilodan ziyod geroin, 1 tonnadan ortiq opiy, 100 kiloga yaqin gashish, 406 kg marixuana, 55 kilogramm ko‘knor, 1,4 kilodan ziyod yangi turdagi psixofaol vositalar («Spays» va boshqalar) hamda 27 kilogrammdan ko‘proq kannabis hamda psixotrop moddalar yoqib yuborildi.
Mavzuga oid
10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
16:14 / 16.02.2025