Jamiyat | 19:02 / 27.06.2018
5607
2 daqiqa o‘qiladi

Xayriya aksiyasi: Jajji qalblarga ziyo ulashildi

Ota-onadan yetim qolgan bolalar va ehtiyojmand kishilarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning ko‘nglini olish bu dunyodagi eng katta savobli amallardan hisoblanadi.

Yodingizda bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi kitobxon yoshlarni birlashtirgan “Intellect” klubi va Kun.uz sayti hamkorligida poytaxt hamda viloyatlardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun kitob yig‘ish xayriya aksiyasi tashkil qilingan edi.

Maqsad: xayriya aksiyasi natijalari orqali ko‘ngli yarim bolalarga ozmi-ko‘pmi quvonch ulashish, ularni kitobga oshno qilish.

Ana shunday ezgu niyatda boshlagan aksiyamiz o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Kun.uz

Xayriya aksiyasi yakuniga ko‘ra ehsonsevar yurtdoshlarimiz ko‘magi bilan  bir hafta muddat ichida jami to‘rt million so‘mga yaqin (uch million to‘qqiz yuz oltmish ikki ming) mablag‘ va yuzdan ortiq turli nomdagi bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar yig‘ildi.

Yig‘ilgan jami mablag‘larga bolalar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining  sara asarlari xarid qilindi.

Foto: Kun.uz

Ushbu kitoblar Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatidagi mehribonlik uyida tarbiya topayotgan bolajonlarga yetkazildi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Kitoblarni qo‘liga olib ko‘zida quvonch porlagan bolalarni ko‘rar ekanmiz, beixtiyor dillarimiz shodlanadi, mamnunlik hissini tuyamiz.

Foto: Kun.uz

Nasib bo‘lsa, saxovatpesha insonlar ko‘magi bilan yig‘ilgan kitoblar o‘zining jajji egalari qalbiga yaxshiliklar ulashadi, ma'naviyatini yuksaltiradi, ularni vatani koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyalaydi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

 

Foto: Kun.uz

Biz xayriyada ishtirok etgan barcha yaxshi insonlarga rahmat aytamiz. Yaratgan barchamizdan rozi bo‘lsin!

Mavzuga oid