Qozog‘iston kuzdan O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtirmoqda
Qozog‘istondan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 300-400 ming tonna yoqilg‘i-moylash materiallarini eksport qilishi mumkin. Bu haqda «KazMunayGaz» AJ boshqaruvi raisining neft tashish, qayta ishlash va marketing bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Tiyesov xabar berdi, deb yozmoqda «Kursiv» gazetasi.
«Bugungi kunda bizda sezilarli miqdorda benzin hajmi to‘plangan. Rossiyadan olib kirishga konventsion taqiq masalalari ham shu bilan bog‘liq. Bizning fikrcha, bu yil kuzdan biz mahsulotni xotirjamlik bilan eksport qilishimiz mumkin, ayniqsa, qo‘shni davlatlar - Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga. Yilning oxirigacha jami 300-400 ming tonnani olib chiqib ketishimiz mumkin, bu umumiy hajm», - dedi u «Argus Qozog‘iston va Markaziy Osiyo neft-gaz bozori 2018» konferensiyasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston mahsuloti ushbu bozorlarga yetkazib berish narxi jihatidan Rossiya mahsulotlariga nisbatan arzonroqqa tushadi.
Mavzuga oid
11:48
O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024