O‘zbekiston | 20:54 / 27.06.2018
5145
5 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi tasdiqlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi tasdiqlandi:
K. Akilova - madaniyat vazirining o‘rinbosari, Badiiy ekspertlar kengashining raisi
F. Tashmuxammedov - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining o‘rinbosari, Badiiy ekspertlar kengashi raisining o‘rinbosari
F. Ro‘ziqulov - Madaniyat vazirligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i
V. Fayziyeva - O‘zbekiston davlat san'at muzeyining direktori
S. Raxmetov - O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rangtasvirchi rassom
A. Xakimov  - O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor
A. Mamajonov - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, grafik rassom
A. Raximov - O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, kulol
M. Borodina - Toshkent arxitektura va qurilish institutining kafedra professori, haykaltarosh
N. Axmedova - O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, san'atshunos
3. Raximova - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining professori
E. Jalilov - Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligi, Badiiy ekspertlar kengashining mas'ul kotibi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, kengash idoraviy mansubligidan qat'i nazar davlat muzeylarining fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san'at asarlari bilan muntazam boyitib borish ishlarini amalga oshiruvchi va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilovchi kollegial maslahat organi hisoblanadi.

Kengash a'zolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Kengash a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tavsiyasi bilan asosiy ish joyidan belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san'at asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning qiymatini baholash;

davlat buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan badiiy asarlarning eskizlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ularning badiiy qiymati va shartnoma tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida tavsiyalar berish;

yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan rangtasvir, miniatyura, haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san'at, installyatsiya asarlarini ko‘zdan kechirish, g‘oyaviy-badiiy qiymati, bajarilgan ishlarni qabul qilish va mualliflik haqining miqdori bo‘yicha xulosalar berish.

Kengash quyidagi huquqlarga ega:

o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xulosalar, tavsiyalar, takliflar berish va qarorlar qabul qilish;

davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma'lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish.

Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishgan holda, qoida tariqasida, kamida 7 nafar va ko‘pi bilan 17 nafar (Kengash raisi, o‘rinbosari, mas'ul kotibi va kengash a'zolari)dan iborat tarkibda shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash tarkibiga yetakchi san'atshunoslar va rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, dekorativ-amaliy san'at ustalari, arxeolog, numizmat, manbashunos olimlar, mutasaddi rahbarlar, muzey muhofizlari va ko‘rgazma bo‘limlarining mutaxassislari, shuningdek, madaniyat va san'at sohasidagi ta'lim va fan muassasalarining xodimlari kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.

Kengashning ishchi organi:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondini to‘ldirib borish maqsadida tasviriy, an'anaviy va noan'anaviy dekorativ-amaliy san'at, teatr-bezak san'ati, arxeologik, numizmatik, yozma manbalar hamda boshqa tarixiy va zamonaviy madaniy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha e'lonlar beradi;

xarid qilishga va boshqa tegishli maqsadlarda taqdim etilgan madaniy boyliklar ro‘yxatini shakllantiradi, ularning fotosuratlarini ro‘yxatga ilova qiladi hamda asarlarni ekspertizadan o‘tkazish va qiymatini baholash uchun Kengashga kiritadi;

Kengashda ish yuritilishini tashkil etadi, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid