Samarqanddagi maktablarda kunduzgi oromgohlar bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda
Yoz fasli boshlanib, maktab o‘quvchilari ta'tilga chiqishgan palladamiz. Bolalarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish, ularning oromgohlarda dam olishi va bilim orttirishi uchun mutasaddi tashkilotlar nimalar qilishmoqda?
Biz ushbu savolga javob topish uchun Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli maktablarda tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarni ko‘zdan kechirdik.
Ayni damda Samarqand shahridagi maktablarning 8 tasida kunduzgi oromgohlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 100–130 nafar bolalar uch davrada sog‘lomlashtiriladi. Bir davrada ushbu kunduzgi oromgohlarda 970 nafar, jami uch davrada 2900 nafar maktab o‘quvchilari qamrab olinadi.
Kunduzgi oromgohlarda bolalar turli to‘garaklarlarga qatnashish bilan birgalikda, musiqa, sport va bilim bellashuvlarida ishtirok etishadi, shuningdek parhez tushlik bilan ta'minlanishadi. Ayniqsa chet tili to‘garaklari mashg‘ulotlarini malakali mutaxassis va o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi ta'minlangan.
Bolalarning bir kunlik ovqatlanishi 3600 so‘mni tashkil etadi. Bolalar bir davrada 10 kun dam olishsa, 36000 so‘mning atigi 9 ming so‘mi ota-onalar tomonidan, qolgan 75 foiz qismi homiy tashkilotlar tomonidan qoplanmoqda.
«Shahar xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi «Alpomish» doimiy oromgohida ham reja bo‘yicha 1davrada 22 nafar, jami uch davrada 660 nafar bolalar sog‘lomlashtirilishi nazarda tutilgan. Ayni damda bolalar oromgohida ikkinchi davra uchun bolalar qabul qilingan», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri Xurshid Hojiqulov.
Shahar xalq ta'limi bo‘limi mutasaddilarining bergan ma'lumotiga ko‘ra, kunduzgi oromgohlarga jalb qilingan barcha xodimlarning oylik maoshlari ularning doimiy ishlaydigan muassasalari tomonidan to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.
Sh.Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024