O‘zbekiston | 15:38 / 27.06.2018
5255
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Bodomzor yo‘li ko‘chasiga Chingiz Aytmatov nomi berilishi mumkin 

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahridagi Bodomzor yo‘li ko‘chasiga buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomini berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomini Toshkent shahrida abadiylashtirish haqidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bodomzor yo‘li ko‘chasiga buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomi beriladi.

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R.Djo‘rayev), Yunusobod tuman hokimligi (B.Abdusamatov), hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar:

ko‘chaga yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar ko‘radi hamda hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritadi.

 

Mavzuga oid