Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Taxtapul darvoza ko‘chasi kesishmasidan Iftixor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtomashinalar harakati uchun yopildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Poytaxt hokimligi ma’lum qilishicha, bunga Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab bo‘ldi.
Shu bois, ko‘chaning bir qismi 28 aprel soat 22:00 dan 29 aprel soat 22:00 gacha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi.
Belgilangan muddat davomida harakatlanish uchun muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025