Sport | 21:10 / 27.06.2018
10930
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Germaniya guruhdan chiqolmadi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

F guruhida Janubiy Koreya va Germaniya bellashdi. O‘yin kutilmaganda koreyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Nemislar raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlarni yaratgan bo‘lsa-da, gol urishni uddalay olishmadi. Janubiy Koreya esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozani 2 marta ishg‘ol etib, g‘alabani ilib ketdi.

Guruhning yana bir o‘yinida Shvetsiya Meksikani 3:0 hisobida yengdi. Natijada, har ikkalasi 1/8 finalga yo‘l olishdi. Germaniya esa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, jahon chempionatini tark etdi.  

JCh-2018, F guruhi
Janubiy Koreya – Germaniya 2:0 
27 iyun, Qozon, «Qozon-Arena» stadioni
Gol: Kim Yon Gvon (90+1), Son Hyon Min (90+6)
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yon Gvon, Yun Yen Son, Xon Chxol, Chjan Xen Su, Ku Chja Chxol (Xvan Xi Chxan, 56; Ko Ye Xan, 79), Chjon U Yen, Mun Son Min (Chju Se Chjon, 69), Li Chje Son, Li Yen, Son Hyon Min.
Germaniya – Noyyer, Xummels, Zyule, Kimmix, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, Ozil, Gorettska (Myuller, 63), Roys, Verner.
Ogohlantirishlar: Chjon U Yen (9), Li Chje Son (23), Mun Son Min (48), Son Hyon Min (65).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid