Toshkent ekspatlar uchun dunyodagi eng arzon shahar deb topildi
Mercer xalqaro konsalting tashkiloti joriy yilda ekspatlar (ekspatriant — chet ellik ishchi yoki korxonaning chet elda ishlaydigan xodimi) uchun dunyodagi eng arzon shaharlar reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi o‘rinda Gonkong, ikkinchi Tokio, uchinchi Tsyurix, to‘rtinchi Singapur va beshinchi o‘rinda Seul qayd etildi.
Moskva bu ro‘yxatda 17-o‘rinni egalladi, Vilnyus - 148, Varshava - 154, Kiyev - 173, Riga - 92.
O‘zbekiston poytaxti Toshkentda reytingda ekspatlar uchun eng arzon shahar deb topildi.
Mercer reytingi mahalliy aholi uchun mo‘ljallanmagan. U xalqaro kompaniyalar va hukumatlarga boshqa mamlakatlarga ishlash uchun ketgan xodimlarga tovon ustama pul belgilash uchun kerak.
Reyting 200 dan ortiq pozitsiya narxi asosida tuziladi. Bu, xususan, uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘ngilochar soha.
Mavzuga oid
21:48
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51