Sport | 22:55 / 30.06.2018
22623
1 daqiqa o‘qiladi
Mbappe golni nega bunday nishonlaydi?
Fransiya terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Kilian Mbappe nega golini qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab nishonlashini tushuntirdi.
Futbolchining gapiga ko‘ra, gollarni bunday g‘alati tarzda nishonlash g‘oyasi uning 11 yoshli ukasidan chiqqan.
«Bu holatni men emas, ukam Etan o‘ylab topgan. Playstation o‘ynaganimizda golni shunday nishonlar edik. Bu ishora men sendan kuchliroqman, ustunroqman degan ma'noni anglatadi» - deb Mbappe so‘zlarini keltirmoqda L`Equipe.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe JCh-2018 musobaqasidan o‘rin olgan Argentinaga (4:3) qarshi 1/8 final o‘yinida 2ta gol urdi va 1ta penalti ishlab oldi.