Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh qonunlarini “ahmoqona” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy noroziliklar ortida yana noqonuniy muhojirlarni sudsiz deportatsiya qilishga chaqirdi va xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sud qarorini talab qiluvchi AQSh qonunlarini “dunyodagi eng ahmoqona” deb atadi.
“Odamlar davlatimizga noqonuniy kelganlarida, biz sudsiz ularni darhol ortlariga jo‘natishimiz kerak. Bizning qonunlarimiz dunyodagi eng ahmoqona qonunlardir”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Tramp bu bayonotini uning migratsiya siyosatiga qarshi 30 iyunda AQShning 700dan ko‘proq shahrida norozilik namoyishlari o‘tgan bir vaqtda bildirgan. Namoyishchilar chegarada noqonuniy muhojirlar oila a'zolarini bir-birlaridan ayirish siyosatiga qarshi chiqmoqdalar. Tramp bu amaliyotni o‘tgan haftada bekor qilgandi. Namoyishchilar, shuningdek, muhojirlarning huquqiy himoya qilinishini talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 09.08.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
08:56 / 23.04.2021
O‘rta Yer dengizida 130 nafar muhojir bedarak yo‘qoldi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020