Jamiyat | 22:05 / 03.07.2018
4485
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari markazlari sayyor qabullarni tashkil qilmoqda

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joylarda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatish ishlari davom etmoqda. Masalan, Nukus shahrida yashovchi, 2-guruh nogironi Berkimbay Xo‘janazarov yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Foto: Davlat xizmatlari markazi

Eslatib o‘tamiz, 2018-2019 o‘quv yilida abituriyentlar hujjatlari Toshkent davlat yuridik universitetida qabul qilinmaydi.

Davlat xizmatlari markazi vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab universitet bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tuman va shaharlarda faoliyat olib borayotgan 201ta davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga oid