Jahon | 10:10 / 04.07.2018
18790
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar dunyodagi eng ifloslangan daryolarni ma'lum qilishdi

Foto: AFP

Berlindagi Gelmgolts nomidagi atrof-muhit va salomatlikni tadqiq qilish markazi olimlari Osiyo va Afrikadagi daryolarda millionlab tonna plastik chiqindilar oqib yurishini ma'lum qilishdi. Ular orasida Yantszi va Gang daryolari eng ifloslangan daryolar deb topilgan. Janubi-sharqiy Osiyodagi ekologik vaziyat tadqiqoti Yantszi daryosi dunyodagi eng ifloslangan daryoligini ko‘rsatgan. Bu daryo orqali Sariq dengizga har yili 1,5 mln tonna chiqindi va plastik tushishi aniqlangan.

Eng ifloslangan daryolar orasida Hind, Niger, Nil, Mekong, Xayxe, Amur va Chjutszyan kabi yirik daryolar ham bor. Dunyodagi eng zaharlangan va ifloslangan daryolardan yana biri Gang bo‘lib, unda nafaqat mayda-chuyda chiqindilar, balki yirik o‘lchamdagi sanoat chiqindilari ham oqadi. 

Olimlar bunday sur'atlar saqlab qolinsa, bir necha yildan keyin dunyo okeaniga milliard tonnalab chiqindilar tushishini aytishmoqda. Bu chiqindilar zaharliligi tabiatda tuzatib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib kelishi va oxir-oqibat insonlarga ziyon yetkazishi mumkin. 

Mavzuga oid