O‘zbekiston | 12:13 / 10.08.2023
6360
3 daqiqa o‘qiladi

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilishga doir imtiyozlar qanday natija bermoqda?

Sohada xususiy sektor ulushi 80 foizga yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va iqlim vazirligi

2022 yilda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 189-son farmoni bilan maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sanitar tozalash korxonalariga qator imtiyozlar taqdim etildi.

«Ta’kidlash joizki, ushbu preferensiyalar taqdim etilishi turli qiyinchiliklar ta’siridan chiqib keta olmayotgan soha korxonalari uchun ayni muddao bo‘lib xizmat qilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari raisligida tashkil etilgan tender komissiyalari tomonidan ochiq tenderlarda ishtirok etgan va davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash huquqini qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan barcha tadbirkorlar bir qancha ijtimoiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega bo‘lishdi», deyiladi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagi yutuqlarga erishildi:

  • 126 ta tuman-shaharlarda xizmat ko‘rsatib kelayotgan xususiy sheriklar – tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 67 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari ishga tushirildi;
  • sohada xususiy sektor ulushi 80 foizga yetkazildi;
  • xizmat ko‘rsatish bilan qamrov darajasi DXSh loyihalari amalga oshirilgan hududlarda 98 foizga oshdi;
  • xizmat ko‘rsatish hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 36 foizga ortdi va 66,1 mlrd so‘mni (2021 yil mart oyida 48,7 mlrd so‘m), majburiy to‘lovlarni undirish darajasi esa 38 foizga ortib, 50,5 mlrd so‘mni (2021 yil mart oyida 35,8 mlrd so‘m) tashkil qildi va bu ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etmoqda;
  • bugunga qadar 174,3 mlrd so‘m xususiy investitsiya mablag‘lari jalb etilgan.

DXSh loyihalari doirasida imzolangan bitimlarga muvofiq xususiy sheriklar tomonidan jami 1261 mlrd so‘mlik investitsiya kiritish hisobiga 1129 ta chiqindi tashish maxsus texnikasi va 7827 ta chiqindi konteyneri xarid qilish, 1017 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi, 72 ta qayta yuklash stansiyasi, 60 ta saralash va 49 ta qayta ishlash zavodlarini qurish nazarda tutilgan.

«Shu o‘rinda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni boshqarishda tashabbus ko‘rsatayotgan xususiy sektordagi sanitar tozalash korxonalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar bilan yaqindan tanishtirish, yutuq va kamchiliklarni o‘rtoqlashish uchun hamkorlikka doim tayyor ekanligini ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid