Jamiyat | 17:30 / 05.07.2018
58732
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi kattaqo‘rg‘onlik ayolning tahqirlanishiga qarshi chiqdi

Foto: Xalqaro Press klub

Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qo‘yganidan qat'iy nazar, bunday munosabatda bo‘lishga mutlaqo qarshi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday bayonot bilan chiqdi. 

«Samarqandlik ayol bilan bo‘lgan voqea - bu albatta, hech qaysi odob va ahloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo gap shu «erkak» tarbiyasining darajasi to‘g‘risida bo‘lishi kerak. 

Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksincha, bu nufuzli vazirlik o‘z saflarini nopok, qo‘pol xodimlardan tozalayapti. 

Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qo‘yganidan qat'iy nazar, bunday munosabatda bo‘lishga mutlaqo qarshi! Biz barcha ayollarimizni himoya qilish borasida o‘z faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda oilada, mehnat jamoasida, ko‘cha-kuyda ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa, biz albatta uni himoya qilamiz. 

Bu borada har bir tumanlarimiz va shaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar tashkil qilinmoqda, shu bilan birga zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan maxsus qonun yaratilishi ustidan ham ish olib borilmoqda. 

Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg‘otdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalar ko‘rsatmoqda.

Biz Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan tergov ishi yakunlarini kutamiz va shu ayolning muammosi bilan albatta shug‘ullanamiz», deyiladi bayonotda. ​

Mavzuga oid:

 

Mavzuga oid