Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir atletikada yangi vazn toifalari kiritildi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi erkaklar va ayollar razryadlarida 10 ta yangi vazn toifasi kiritilishini ma'qulladi. Yangi vazn toifalari ilmiy va statistik ma'lumotlar asosida maxsus guruh tomonidan ishlab chiqilgan.
Erkaklar quyidagi vazn toifalariga bo‘linadi: 55 kg, 61 kg, 67 kg, 73 kg, 81 kg, 89 kg, 96 kg, 102 kg, 109 kg va 109 kg dan yuqoriroq.
Ayollar vazn toifalari esa quyidagicha ko‘rinish oldi: 45 kg, 49 kg, 55 kg, 59 kg, 64 kg, 71 kg, 76 kg, 81 kg, 87 kg va 87 kg dan yuqoriroq.
Har bir razryaddan 7 tadan vazn toifasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida joriy qilinishi ma'qullandi.
Erkaklar Olimpiadada quyidagi vazn toifalarida: 61 kg, 67 kg, 73 kg, 81 kg, 96 kg, 109 kg va 109 kg dan yuqoriroq, ayollar esa 49 kg, 55 kg, 59 kg, 64 kg, 76 kg, 87 kg va 87 kg dan yuqoriroq vazn toifalarida ishtirok etadilar.
Ushbu sport turida vazn toifalari 20 yildan ko‘proq o‘zgartirilmay kelinayotgandi.
Mavzuga oid
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023