O‘zbekiston | 04:00 / 08.07.2018
16809
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor otlar ishtirokida ommaviy sport sayli tashkil etildi

7 iyul kuni Toshkent shahri markazida otlar ishtirokida ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlar otlar ishtirokidagi unutilmas tomoshaga guvoh bo‘lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ

Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari, O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shini, Ichki ishlar qoshidagi patrul-post va qo‘riqlash xizmati, Milliy gvardiyaning faxriy qorovullari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda ajoyib taassurot qoldirdi.

Ma'lumot uchun, bunday bayramona namoyishlar dunyo bo‘ylab ko‘p o‘tkazilib turiladi. Ammo, Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbir O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazildi. Bunday chiqishlar orqali mamlakatimiz aholisini ot sportiga qiziqtirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ

Unda 80ga yaqin turli nasldagi otlar qatnashdi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha hayvonlar ishtirokidagi tadbirlar uchun yirik hisoblanadi. Ayni paytda jahon rekordi Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli. U yerda o‘tkazilgan tadbirda 116ta ot ishtirok etgan.

Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ
Foto: MOQ

Mavzuga oid