Jahon | 10:31 / 11.07.2018
10871
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada toshqinlar sababli Mazda va Mitsubishi zavodlari to‘xtatildi

Foto: AFP

Mazda va Mitsubishi avtokonsernlarining Yaponiyaning toshqinlardan jabr ko‘rgan hududlarida joylashgan zavodlari to‘xtatildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi ma'lum qildi. 

Mazda’ning Xirosima va Okayama prefekturasidagi zavodlari hamda avtomobillarga detallar yetkazib beruvchi zavodi toshqinlar sababli 7 iyuldan to‘xtatilgan. Kompaniya zavodlar ushbu haftaning ikkinchi yarmidan keyin ishga tushirilishiga umid qilmoqda.

Mitsubishi’ning toshqindan kuchli jabr ko‘rgan Kurasiki shahridagi (Okayama prefekturasi) zavodi ham ishchilar ish joylariga yetib bora olmayotganlari sababli to‘xtatilgan. Kompaniya zavod 12 iyuldan keyin ishga tushishiga umid qilmoqda.

O‘tgan hafta oxiridan Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy qismlarida kuchli yomg‘irlar boshlangan, bu toshqinlar va ko‘chkilarga olib kelgan. Ba'zi joylarda qirg‘oqlardan chiqqan daryolar katta maydonlarni suv ostida qoldirgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni 160ga yaqinlashib qolgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid