Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur kompaniyasi «Savdogarbank» aksiyalarini sotib oldi
Foto: savdogarbank.uz
Singapurning Megastrata PTE. LTD kompaniyasi «Savdogarbank»ning 13% aksiyasini 17 milliard so‘mga sotib oldi, deb xabar beradi Spot.uz.
Bunga «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlari dalolat bermoqda. Kompaniya birjada 173 108 336 dona aksiyani sotib olgan va ularning umumiy miqdorini 390 millionga yetkazgan.
Megastrata PTE. LTD 2017 yil boshida 108 million dona aksiyani sotib olib, «Savdogarbank» aksiyadorlari safiga kirgan edi.
Ayni paytda bankning bozor kapitalizatsiyasi 130 milliard so‘mga baholangan.
«Savdogarbank» — 1994 yili tashkil qilingan. 2005 yili Germaniyaning R&D Express — Ausenhandels kompaniyasi bankning 40% aksiyasini sotib olgach, u xorijiy kapital ishtirokidagi bankka aylandi. Keyingi yillarda bankning xorijiy sarmoyadorlari soni oshib bordi. Hozirgi kunda bank tizimida 22ta filial, 74ta punkt va 16ta mini-bank faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025