Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Antonio Konte iste'foga chiqarilganini e'lon qildi
«Chelsi» bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Antonio Konte bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi. Klub rasmiy saytida bu to‘g‘rida qisqacha bayonot joylashtirilgan.
«Kontening ustozlik davrida biz oltinchi marta APL, sakkizinchi marta Angliya Kubogida g‘olib chiqdik. Biz chempionlikka erishgan mavsumda Premer liganing 38 o‘yinidan 30tasida g‘alabaga erishib, klub rekordini o‘rnatdik. Shuningdek, liganing 13 o‘yinida ketma-ket g‘alaba qozonishimiz ham rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
Antonioning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz», - deyiladi bayonotda.
48 yoshli italiyalik mutaxassis 2 yil davomida «Chelsi»ga ustozlik qildi. Uning qo‘l ostida «ko‘klar» jami 106 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 69ta g‘alaba, 17ta durang va 20ta mag‘lubiyat qayd etishdi.
«Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga Mauritsio Sarri kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025