Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikadagi yana bitta urush yakuniga yetdi
1993 yildan buyon Eritreyani boshqarib kelayotgan, mamlakatning birinchi prezidenti Isayas Afverki Efiopiya bilan «urush holati» bekor qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda.
14 iyul kuni Isayas Afverki uch kunlik rasmiy tashrif bilan Efiopiyaga yetib keldi. Mahalliy Efiopiya telekanallarida uning «urush holati»ni bekor qilgani haqidagi bayonoti ko‘rsatilgan.
Prezidentni aeroportda Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad kutib olgan. Rahbarlar quchoq ochib, bir-birini olqishlagani markaziy telekanallar orqali namoyish etildi. Shundan so‘ng, ikki davlat rasmiy vakillari kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan yig‘ilishda chegaraviy mojarolarga barham berishga kelishib olgan.
Mavzuga oid
16:52 / 01.01.2025
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi
20:30 / 01.09.2024
Misr Efiopiya qurayotgan to‘g‘on bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi
20:22 / 24.08.2022
Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi
18:46 / 14.01.2022