Iqtisodiyot | 22:58 / 18.07.2018
5655
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishishdi 

2018 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori H.Turaxujayev va Turkiyaning TIKA tashkiloti hamkorligida turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Kirish so‘zida Agentlik direktori X.Turaxujayev mehmonlarni O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yo‘lida taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, tadbirkorlarga va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil to‘xtaldi. Jumladan, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartib soddalashtirilganligi, Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy binolarni qurish uchun investorlarga berilayotgan imtiyozlar atroflicha tushuntirildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

O‘z navbatida, turkiyalik ishbilarmonlar ham Agentlik direktorini mazkur uchrashuvni tashkil etganligi uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda haqiqatan ham ishbilarmonlar uchun, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan mamnun ekanligini bildirishdi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘zaro tajriba almashildi. Turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, xususan, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi afzalliklar haqida Turkiyada faoliyat yurituvchi ishbilarmonlarga, albatta, yetkazishlarini qayd etishdi.

Mavzuga oid