Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiyada ayblangan Bishkek merini iste'foga chiqardi
Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Bishkek meri Albek Ibraimovni vazifasidan ozod qildi, deb xabar berdi "Interfaks".
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Ibraimov Bishkek shahar kengashi unga bir ovozdan ishonchsizlik bildirgach lavozimidan bo‘shatilgan.
Mer payshanba kuni korrupsiya va mablag‘larni noo‘rin sarflashda gumonlanib hibsga olingandi.
Ibraimov sobiq prezident Almazbek Atambayev davrasidagi yaqin kishilardan bo‘lib, u Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylanganidan so‘ng o‘z lavozimida qolgan so‘nggi mansabdor edi. U 2012-2013 yillarda prezident devoni rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2016 yil fevralda Bishkek meri etib saylangandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025