Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
Bugun, 19 iyul kuni Mamadjanov Shaxrux Baxtiyarovich Toshkentning Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Shaxrux Mamadjanov bunga qadar Yunusobod tumanidagi “SURE STEP” xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mamadjanov Shaxrux Baxtiyarovich 1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2010). 2010-2014 yillarda “RAV EKSPRESS” ma'suliyati cheklangan jamiyatida huquqshunos-maslahatchi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir tumanining sobiq hokimi Shopo‘lat Asqarov shu yilning may oyida Kun.uz`ning «Hokim bilan bir kun» loyihasida qatnashgan edi. Uning ishdan olinishi sababi va yangi ish joyi hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
11:04 / 08.04.2025
Toshkent shahrida ikki tuman yo‘llarini ta’mirlashga 8 mlrd so‘m ajratildi
21:40 / 19.04.2024
Toshkent aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarga nom berishda ishtirok etishi mumkin
14:25 / 06.04.2024
Hashar bahona tashkilotlar xodimlarining bir kunlik ish haqi ushlab qolinyapti. Bu qonunga zid
18:59 / 11.03.2024