Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi
Chilonzor tumanidagi mahallada hokim yordamchisi bo‘lgan Nurilla Abdurahmonov Bektemir tumani hokimiga aylandi. Tuman rahbarligi Tapil Mahamadziyayev ishdan olinganidan keyin bir oydan oshiq vaqt davomida bo‘sh qolayotgandi.
11 mart kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Bektemir tumaniga hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiyada hozirgacha Chilonzor tumani Gavhar mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abdurahmonov Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.
Nurilla Abdurahmonov 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Shu kunga qadar Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tuman hokimliklarida qator mas’ul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyul oyidan buyon Bektemir tumani hokimi lavozimida ishlagan Tapil Mahamadziyayev 2024 yil fevral oyida ishdan olingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024