Iqtisodiyot | 19:05 / 20.07.2018
90808
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik 20ta soliq to‘lovchini ma'lum qildi

Foto: Advantour

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar ulushi haqidagi ma'lumotni e'lon qildi. Respublikaning 20ta yirik soliq to‘lovchilari Davlat byudjyetiga tushumlarning 1/3 qismini ta'minlaydi.

Bu 34 foizdan eng ko‘p tushum «O‘ztransgaz» hissasiga to‘g‘ri keldi (5,1%), keyin ikkita kon-metallurgiya zavodi bormoqda - Navoiy (5%) va Olmaliq (3,1%).

«Muborak neftegaz»ga 2% ulush to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, «O‘zBAT»ga - 1,8%, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi - 1,8%/

Boshqa yirik soliq to‘lovchilar orasida Beeline (1,5%), «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» (1,4%), Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, «Qizilqumsement» va «Azia transgaz», «O‘zbekenergo» bor (bari 1,2%dan).

«Sho‘rtanneftegaz», «Uz kor gaz chemikal» va Ucell 1% ulushga ega.

Ro‘yxat yakunida «O‘zbekiston temir yo‘llari» (0,9%), «Koka-Kola» (0,8%), «Ohangaronsement» (0,6%) va Muborak gazni qayta ishlash zavodi (0,5%) qayd etildi.

Mavzuga oid