Jahon | 07:35 / 23.07.2018
7546
1 daqiqa o‘qiladi

«Novichok» bilan zaharlashda gumonlanayotgan shaxs fotosurat yordamida qidirila boshlandi

Foto: Peter Nicholls / Reuters

Britaniyalik izquvarlar «Novichok» moddasi bilan zaharlash bo‘yicha ishdagi asosiy gumonlanuvchini fotosurat orqali qidirishni boshladi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tergovchilar ishdagi «o‘ta muhim guvohlarga» gumonlanuvchining fotosuratini ko‘rsatmoqda, shuningdek, ularni «sirli ayolning» xatti-harakatlari bo‘yicha so‘roq qilyapti.

Ta'kidlanishicha, Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaga suiqasd qilishda to‘rt kishidan iborat guruh, shu jumladan, bir ayol kishi gumonlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarni zaharlashda gumonlanayotganlar Buyuk Britaniyadan qochib ketgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid