Jahon | 17:11 / 25.07.2018
6664
1 daqiqa o‘qiladi

Fiat va Ferrari sobiq rahbari vafot etdi

Foto: KUN.UZREUTERS/Max Rossi

Fiat Chrysler Automobiles konserni sobiq rahbari Serjo Markionne 66 yoshida Tsyurixdagi kasalxonada vafot etdi. Bu haqda chorshanba kuni Reuters xabar berdi.

«Afsuski, eng yomon xavotirlar amalga oshdi. Serjo Markionne vafot etdi», - deya FCA boshqaruvi raisi Jon Elkanning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Dushanba kuni Italiya matbuoti Markionnening ahvoli «og‘ir, ammo barqaror» ekani haqida xabar tarqatdi. 66 yoshli top-menejyerning sog‘lig‘i nima sababdan yomonlashgani oshkor etilmayapti. Faqatgina iyun oyi oxirida Tsyurix klinikasida yelkasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani xabar berilgan.

Avvalroq, FCA Mayk Menli yangi bosh ijrochi direktor etib tayinlanganini e'lon qildi, u Serjo Markionnening o‘rnini egalladi. Bunday qaror shanba kungi shoshilinch yig‘ilishda, Markione sog‘lig‘ining keskin yomonlashishi fonida qabul qilindi.

Mavzuga oid