Jamiyat | 12:35 / 25.07.2018
5679
1 daqiqa o‘qiladi

Shakar bahonasida 42 mln so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 24 iyul kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Urganch tumanida yashovchi muqaddam sudlangan K.M. 2015 yil noyabr oyida Sh.A.ning uyida shakar mahsulotini olib kelib berishini va'da qilib, 42 mln 600 ming so‘m pullarini olib,  bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Natijada K.M. ushlangan.

Mavzuga oid