Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
Vazirlikka ko‘ra, portlagan snaryad mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan va metallolomga topshirilgan. Mazkur turdagi snaryadlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emasligi aytildi.
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlashi voqeasida harbiy xizmatchilarning aloqasi yo‘q, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
Vazirlikka ko‘ra, portlagan snaryad mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan va metallolomga topshirilgan.
«Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.
Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llangan», — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, portlash 11 aprel kuni Yangiariq tumanidagi metallolom yig‘ish shoxobchasida ro‘y bergan, oqibatda shu yerda ishlovchi 31 yoshli fuqaro vafot etgan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
20:04 / 22.05.2025