Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «yashil patrul» paydo bo‘ladi
Poytaxt davlat organlari vakillari daraxtlarni noqonuniy kesish masalasini muhokama qilganliklari xabar qilingandi.
Tadbir davomida daraxtlarni noqonuniy kesish faktlarini aniqlash mexanizmlari haqida ham so‘z yuritildi.
Xususan, Toshkent IIBB boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev yashil maydonlarni nazorat qilish va fuqarolarning ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi xabarlariga tezkor javob berishga qaratilgan «yashil patrul» tashkil etilishini e'lon qildi.
Bundan tashqari, R.Jo‘rayev poytaxtda va shahar atrofidagi blokpostlarda xizmat olib boruvchi yo‘l-patrul hamda patrul-post xizmatlariga kesilgan daraxtlarni olib o‘tayotgan maxsus avtotransport vositalarini to‘xtatish, va yog‘ochlarning kelib chiqishi qonuniy ekanini Davlat ekologiya qo‘mitasi mutaxassislaridan aniqlash haqida topshiriq berdi.
«Biz shahar aholisini 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga chaqiramiz. Biz albatta chora ko‘ramiz», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB Toshkentda daraxtlarning kesilish holati bo‘yicha «maxsus nazorat» joriy qilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid: Deputat: "Daraxtxo‘r" manqurtlar bizda qanday ko‘payib ketdi?
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025