Fan-texnika | 21:47 / 26.07.2018
8285
1 daqiqa o‘qiladi

McLaren o‘z tarixidagi eng tezkor superkari nomini e'lon qildi 

McLaren tarixidagi eng tezkor superkar nihoyat rasmiy nom oldi. Avval BP23 Hyper-GT shartli nomini olgan superkar McLaren Speedtail deb nomlandi. McLaren ushbu modeldan hammasi bo‘lib 106 dona ishlab chiqaradi.

Foto: McLaren

Mashina nomidagi Speed (tezlik) so‘zi mashina fenomenal dinamik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini anglatadi. Mashina salonida bir vaqtda 3 kishi o‘tira oladi. Haydovchi o‘rindig‘i old qatorda o‘rtada joylashadi.

Modelning kapoti ostida benzin va elektrda ishlovchi dvigatelli gibrid kuch qurilmasi o‘rnatiladi. Mashinada 720S modelining benzin motori o‘rnatiladi. Yangi mashinaning maksimal tezligi soatiga 391 kmni tashkil qiladi.  

Superkar seriyali tarzda 2019 yil oxiridan boshlab ishlab chiqariladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning narxi taxminan 2,5 mln dollarni tashkil qiladi.  

Mavzuga oid